• slider css
1 2 3 4 5
image slider jquery by WOWSlider.com v8.2

Toshkentdagi Inha universiteti Telegram’da bot va alohida kanalni ishga tushirdi

Qabul davrida abituriyentlarda universitet faoliyati borasida ko‘plab savollarning paydo bo‘lishini inobatga olgan holda, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) Telegram servisida bot va alohida kanalni ishga tushirdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bot yordamida obunachilar Toshkent shahridagi Inha universitetining faoliyati, infratuzilmasi, yangiliklari bilan tanishishi mumkin. Mazkur bot ma’lumotlarni o‘zbek va ingliz tilida taqdim etadi. IUT kanali esa o‘z navbatida obunachilarni universitetning eng so‘nggi yangiliklari va e’lonlari bilan tanishtirib boradi.Endilikda Telegram messenjeri foydalanuvchilari Telegram messenjerining qidiruv matnida @iutuz_bot so‘zini kiritib IUT botga, hamda @inha_uz so‘zini kiritib, kanalga obuna bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumki, IUT’ga hujjatlarni topshirish joriy yilning 14-iyul kuni yakunlanadi. Shu munosabat bilan hujjat topshirayotgan abituriyentlarda ko‘plab savollar paydo bo‘ladi. Agarda abituriyentlar universitetning bot va rasmiy kanaliga obuna bo‘lsa o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishi mumkin.

IUT’ning boti va rasmiy kanali universitet talabasi Shaxzod Boxidjonov tomonidan "Telegram bot va IUT kanalini yaratish bo‘yicha” tanlov doirasida yaratildi. Tanlov IUT talabalari orasida o‘tkazilib, g‘olib Koreya Respublikasidagi Inha universitetining 2016-yil iyul—avgust oylarida o‘tadigan Yozgi maktabida bepul ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


Добавить комментарий