• slider css
1 2 3 4 5
image slider jquery by WOWSlider.com v8.2

Gubkin nomidagi universitetning Toshkent filiali yangi o‘quv yilida 325 talabani o‘qishga qabul qiladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘quv yurti uchun tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, universitet "Gaz qazish, gaz-kondensat va yerosti omborlari obyektlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish”, "Geologik razvedka texnologiyasi” hamda "Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash” mutaxassisliklari uchun o‘qishga 50 kishidan qabul qiladi.

"Neft obyektlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish”, "Quvur transporti tizimlari obyektlarini qurish va ta’miri” hamda "Neft, gaz va qayta ishlab chiqarish mahsulotlari saqlash va transport obyektlarini ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish” fakultetlariga ham 50 kishidan qabul qilinadi. "Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti” fakultetida esa 25 talaba tahsil oladi. 

Filialga o‘tkazilayotgan Toshkent davlat texnika universitetining yopilgan neft va gaz fakulteti ikkinchi hamda uchinchi bosqich talabalari tasdiqlangan kvotaga qo‘shimcha ravishda qabul qilinadi. Shuningdek, o‘quv yurtida "Neftgaz qayta ishlab chiqarishi jihozlari”, "Neft va gaz konlari mashina hamda jihozlari”, "Tabiiy energiya tashuvchilar va uglerod materiallar kimyoviy texnologiyasi” kabi ta’limning uchta yangi yo‘nalish ochiladi.

Добавить комментарий