• slider css
1 2 3 4 5
image slider jquery by WOWSlider.com v8.2

Ozbekiston vakillari Xalqaro Mendeleev olimpiadasida munosib ishtirok etishdi

Ozbekiston vakillari Xalqaro Mendeleev olimpiadasida munosib ishtirok etishdi


 

Ozbekistonlik litsey oquvchilari Erevanda bolib otgan kimyo boyicha 49-xalqaro Mendeleev olimpiadasida 15ta davlatdan tashrif buyurgan 95 nafar tengqurlari orasida kimyo fani boyicha amaliy masalalarni echish malakalari va nazariy bilimlarga egalik qilish borasida yuqori darajani korsatishdi. Hamyurtlarimiz ushbu olimpiadada bitta kumush va uchta bronza medalini qolga kiritdi.

Ozbekiston vakillari 1997 yildan beri kimyo fani boyicha oquvchilar orasida otkaziladigan Xalqaro Mendeleev olimpiadasida ishtirok etib keladilar. Bu olimpiada yoshlar ortasida kimyo fanini ommaviylashtirish maqsadida Moskva davlat universiteti tomonidan otkazilib kelinadi.

Bu yili kvota boyicha yurtimizdan ushbu olimpiadada 4 nafar litsey oquvchilari ishtirok etdilar va ularning barchasi medallar bilan taqdirlandilar. Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litsey oquvchilari Farrux Lutfullaev va Shoxrux Shoanvarov kumush va bronza medalini qolga kiritdilar. Yana ikkita vakilimiz Toshkent pediatriya instituti qoshidagi 1-sonli akademik litsey oquvchilari Dilnora Yusupalieva va Sarvara Shoyunusova bronza medali sohibalariga aylandilar.
49-xalqaro Mendeleev olimpiadasi sovrindorlari yurtimizda munosib ravishda, katta tantana bilan kutib olindilar. Ularning barchalari test sinovlaridan otmasdan, kimyo fani asosiy fan hisoblangan mamlakatimizdagi istalgan oliy talim muassasasiga togridan-togri oqishga kirish huquqini qolga kiritdilar. Shoxrux Shoanvarov va Dilnora Yusupalieva 3-bosqich talabalari bolganlari sababli bu huquqdan shu yiliyoq foydalanishlari mumkin boladi.